4 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 3 oktabr soat 20 dan 4 oktabr soat 20 gacha
03.10.2024
4 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 3 oktabr soat 20 dan 4 oktabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan
3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 11-13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi
28-30° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°,
kunduzi 26-31° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
TOG’LI HUDUDLAR
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.