O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024-YIL 30-SENTABR – 4-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024-YIL 30-SENTABR – 4-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.09.2024

30-sentabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, respublikaning ayrim joylarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida faqat kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun havo harorati 18-23o atrofida ancha salqin bo‘ladi.

1-4-oktabr kunlari rsepublika bo‘yicha o‘rtacha iliq va asosan quruq 
ob-havo kuzatiladi.

Faqat 2-oktabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3-4 oktabr kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida 
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-sentabr va 3-4-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat asosan kechalari 1-oktabrda 7-12o bo‘ladi, 2-4-oktabrda 
12-17o gacha ko‘tariladi. Kunduz kunlari 1-2-oktabrda 22-27o, 3-4-oktabrda 
25-30o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 
baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: 30-sentabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 20-22o bo‘ladi.

1-4-oktabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, 
faqat 3-oktabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat kechalari 1-oktabrda 9-11o, 2-4-oktabrda 13-16o gacha ko‘tariladi, kunduz kunlari  1-2-oktabrda 24-27o , 3-4-oktabrda 27-30bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.