2-4 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
30.09.2024
2-4 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-4 oktabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
3-4 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 2 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 24-29°; 3 oktabrda kechasi 11-16°, kunduzi 22-27°, 4 oktabrda kechasi 11-16°,
kunduzi 20-25° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 oktabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
3-4 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 2 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29°; 3 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°,
4 oktabrda kechasi 15-20°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
4 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 2 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 3 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 26-31°,
4 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 2 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°; 3 oktabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, 4 oktabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 oktabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin, 3-4 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat 2 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27°; 3-4 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 oktabr va 4 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 3 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib,
g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 oktabr va 4 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.