30-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.09.2024

30-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi. Farg’ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kechga tomon qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 
Harorat 18-23° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, baland tog’ hududlarida qorga aylanishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s 
gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.