1-3 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

1-3 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

29.09.2024

1-3 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-2 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 oktabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 
1 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 22-27°, 2 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 24-29°, 3 oktabrda kechasi 11-16°,
kunduzi 22-27° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat, 1 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°; 2 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 24-29°; 3 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 oktabrda Toshkent Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 1 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 2 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 3 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat 1 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29°; 2 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°;
3 oktabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 oktabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-2 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27°; 3 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-2 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 3 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 1-2 oktabrda 13-18°; 3 oktabrda 16-21° bo‘ladi.