O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 27-29 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 27-29 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.09.2024

27-29-sentabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, 
ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 27-sentabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 29-sentabrda kechga tomon  ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechalari 7-12o, kunduz kunlari 27-sentabrda 20-25o, 28 sentabrda 22-27o, 
29- sentabrda 24-29o bo‘ladi.

Poytaxtimizda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 9-12o, kunduz kunlari  27 sentabrda  23-25, 28-29 sentabrda  25-28o bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.