29- SENTABRGA-1 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

29- SENTABRGA-1 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

27.09.2024

29- SENTABRGA-1 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 sentabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29 sentabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°; 30 sentabrda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°, 1 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 sentabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
29-30 sentabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29 sentabrda va 1 oktabrda 7-12°, 30 sentabrda 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 sentabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 29 sentabrda kechasi 7-12°, kunduzi 24-29°; 30 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 1 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 sentabrda kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin, 30 sentabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin, 1 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 29 sentabrda 22-27°,  sentabrda 20-25°, 1 oktabrda 23-28° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30 sentabrda-1 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
29-30 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29 sentabrda 5-10°, 30 sentabrda-1 oktabrda 8-13°, kunduzi 29-30 sentabrda 15-20°, 1 oktabrda 13-18° bo‘ladi.