26-28 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
24.09.2024
26-28 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 26 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 27-28 sentabrda kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 26 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 24-29°; 27 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 28 sentabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 26 sentabrda ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 27-28 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
26-27 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 23-28°; 27 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°;
28 sentabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 27 sentabrda kechasi 11-16°, kunduzi 27-32°; 28 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 26 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°;
27 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 27 sentabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 26-27 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 28 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°; 27-28 sentabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.