O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 23-27 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
23.09.2024
Ushbu haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat 24-25 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida
va 25 sentabrda Xorazm viloyatida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan biroz salqin va nisbatan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
26-27 sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 26 sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 sentabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 26 sentabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi,
faqat 26 sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat asosan kechalari 14-17o, kunduz kunlari 23-25 sentabrda 28-31o,
26-27 sentabrda 24-27o bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi,
25-26 sentabrda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.