25-27 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
23.09.2024
25-27 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 sentabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 26-27 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 26 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 27 sentabrda kechasi 7-12°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 sentabrda kechasi 15-20°,
kunduzi 29-34°; 26 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 24-29°; 27 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 sentabrda ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32°; 26 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 24-29°; 27 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 25 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37°; 26 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 27 sentabrda kechasi 11-16°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 27 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°; 26 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 27 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 25 sentabrda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°; 26 sentabrda kechasi 9-14°, kunduzi 15-20°; 27 sentabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.