O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 16-20 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 16-20 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.09.2024

Bugun O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan biroz nam havo massalari kirib kelishi boshlandi.

Kun davomida respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. 
Faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

17 sentabrda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining 
ayrim joylarida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

18 sentabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

19 sentabrda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

20 sentabrda O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-30o, ba’zi joylarda 32o gacha, kechalari 12-17o bo‘ladi.

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi, 
16 sentabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 16-17 sentabr va 19-20 senyabr kunlari 
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor.

 

Poytaxtimizda: 16 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 29-31o bo‘ladi.

17 sentabrda kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

18-20 sentabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, 
faqat 19 sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat kechalari 14-17o, kunduz kunlari 26-29o bo‘ladi.

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 3-8 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda 
12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin

 

 

2024 yil 16 sentabr

O‘zgidromet