16-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.09.2024

16-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-31° bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin,. Harorat 18-23° bo‘ladi.