16-18 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
14.09.2024
16-18 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 sentabrda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin, 17-18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16 sentabrda 12-17°, 17-18 sentabrda 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 sentabrda kechki tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin, 17 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°,
17-18 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 sentabrda Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida biroz . qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 16 sentabrda 27-32°, 17-18 sentabrda 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16-17 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 17 sentabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-17 sentabrda 9-14°, 18 sentabrda 6-11°, kunduzi 16 va 18 sentabrda 18-23°, 17 sentabrda 12-17° bo‘ladi.