15-17 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

15-17 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

13.09.2024

15-17 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15 sentabrda 21-26°, 16-17 sentabrda 23-28° bo‘ladi. 

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 sentabrda 12-17°, 17 sentabrda 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 sentabrda 12-17°, 17 sentabrda 10-15°, kunduzi 15 sentabrda 27-32°, 16-17 sentabrda 25-30° bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 15-16 sentabrda 27-32°, 17 sentabrda 28-33° bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-16 sentabrda 26-31°, 17 sentabrda 25-30° bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16-17 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 17 sentabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-16 sentabrda 18-23°, 17 sentabrda 13-18° bo‘ladi.