O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 6-8 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 6-8 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.09.2024

Bugun O‘zbekiston hududiga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi. Kunduz kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumikn.

Harorat 26-29o bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. 
Harorat kechalari 10-15o gacha, kunduz kunlari 22-27gacha pasayadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 6 va 7 sentabr kunlari 
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 7 sentabrda baland tog‘larda 
qorga aylanishi mumikn.

6-7 sentabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

Poytaxtimizda: 6 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kecha tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayadi. 
Harorat 24-29o bo‘ladi.

7-8 sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 10-13o, kunduz kunlari 24-27o bo‘ladi.

 

 

2024 yil 6 sentabr

O‘zgidromet