6-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.09.2024

6-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-39° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin.. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi,12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.