5-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

5-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.09.2024

5-SENTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarida 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-33° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27° bo‘ladi.