6-8 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

6-8 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

04.09.2024

6-8 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 6 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 7 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 8 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 6 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 7-8 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 sentabrda Toshkent viloyatida kechqurun ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 6 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 24-29°; 7-8 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-7 sentabrda 13-18°, 8 sentabrda 10-15°, kunduzi 6 sentabrda 28-33°, 7-8 sentabrda 25-30° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 6-7 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 7-8 sentabrda 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 sentabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn, 7 sentabrda baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 8 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 sentabrda 9-14°, 7-8 sentabrda 5-10°, kunduzi 6-7 sentabrda 13-18°, 8 sentabrda 15-20° bo‘ladi.