O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 30 AVGUST – 3 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 30 AVGUST – 3 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.08.2024

Avgust oyining oxirgi kunlarida va 1-3 sentabr bayram kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Havo harorati 30-31 avgustda kunduz kunlari 31-35o atrofida, janubda 
37o gacha bo‘ladi. 1 sentabrdan respublika hududi bo‘yicha harorat foni asta-sekin pasayadi va 2-3 sentabrda harorat 28-31o atrofida bo‘ladi. Harorat kechalari 
13-15o gacha pasayadi.

Nisbatan salqin havoning kirib kelishi ba’zi joylarda shamol tezligi 
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan qayd etiladi.

 

Poytaxtimizda: 30-31 avgust va 1-3 sentabr kunlari havo asosan ochiq bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 1-2 sentabrda 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari 15-18o, 3 sentabrda 13-15o, kunduz kunlari 
30-31 avgust va 1 sentabrda 30-34o, 2-3 sentabrda 28-30o bo‘ladi.

 

 

2024 yil 30 avgust

O‘zgidromet