28-avgust KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28-avgust KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.08.2024

28-avgust KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ayrim joylarda va kunning ikkinchi yarmida Farg’ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi,ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi,momaqaldiroq bo’ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.