O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 26-30 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
26.08.2024
Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hududning katta qismida havo harorati 32-35o atrofida, janubda 36-38o gacha bo‘ladi.
Hafta o‘rtasida respublika hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat foni 2-3o ga pasayadi. Chorshanba va payshanba kunlari havo harorati kunduz kunlari 27-30o atrofida, janubda 35o gacha bo‘ladi. Kechasi va erta tongda harorat 17-20o gacha pasayishi kutilmoqda.
Juma kunidan boshlab harorat asta-sekin ko‘tariladi, haroratning ushbu ko‘tarilishi dam olish kunlarida ham davom etadi. Kunduz kungi harorat yana
30-35o gacha ko‘tariladi.
28 avgust – chorshanba kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 28-29 avgust kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sharqiy yo‘nalishdagi shamol, g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi, 28 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 28 avgustda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari 15-20o, kunduz kunlari 26-27 avgustda 30-33o, 28-29 avgustda 27-30o bo‘ladi.
2024 yil 26 avgust
O‘zgidromet