Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati
23.08.2024
2024 yilning 20 avgust kuni quyidagi suv obyektlarida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdoriga yer usti suvlaridan namunalar olindi:
- Bo‘zsuv kanali – Teleminora hududi. Mis bo‘yicha – 1,3 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,25 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar, SII-0,63.
- Anxor kanali – Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Mis bo‘yicha – 1,4 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,75 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar, SII-0,65.
- Bo‘rijar kanali- Megic sity bog‘i hududi. Mis bo‘yicha – 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,87 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar (SII-0,63).
- Salar kanali – Ekoparkdan quyida. Mis bo‘yicha – 4,5 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,79 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,29.
- Qorasuv kanali – Furqat parki xududi. Mis bo‘yicha – 2,4 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 8,81 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar, SII-0,94.
- Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Mis bo‘yicha 1,3 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,20 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf - toza suvlar, SII-0,43.
- Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi gidrotexnik inshoat. Mis bo‘yicha-2,2 REM va xrom VI bo‘yicha 2,4 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,28 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,28.
O‘tgan hafta bilan solishtirilganda Bo‘zsuv, Anxor, Bo‘rijar, Salar kanallari, Chorvoq va Tuyabo‘g‘iz suv omboridagi suv sifati muhim o‘zgarishlarga duch kelmadi, Qorasuv kanali bundan mustasno, bu yerda suv sifati yaxshilandi, SII bo‘yicha o‘rtacha ifloslangan suvlar III-sinfidan - toza suvlar II –sinfiga o‘tdi.
O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra Toshkent shahri va Toshkent viloyati kanallari va suv omborlaridan olingan suv kimyoviy tahlil ko‘rsatkichlari bo‘yicha toza va o‘rtacha ifloslangan suvlarga to‘g‘ri keladi.
Maʼlumot uchun: Suv ifloslanish indeksi (SII) yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun ishlatiladi. Bu nafaqat turli suv havzalaridagi suv sifatini solishtirish, balki suv sifatining vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.