O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 16-18 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
16.08.2024
O‘zbekistonda so‘nggi 2 kun juda issiq bo‘ldi. Respublika hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41o gacha, janubda ba’zi joylarda 42-44o gacha, Termiz hududida 45o gacha ko‘tarildi.
Kecha kunduzi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga salqin havo kirib kelishi boshlandi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo harorati 35-38o dan 30-33o gacha pasaydi.
Bugun va dam olish kunlari salqin havo O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Bugun va ertaga havo harorati asosan kunduz kunlari 31-36o, yakshanba kuni esa 27-32o atrofida bo‘ladi. Kechalari ham ancha salqinlashadi, harorat kechalari 17-22o gacha pasayadi.
Shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida, yakshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 33-36o bo‘ladi.
Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi 19-21o gacha, kunduzi 27-29o gacha pasayadi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
2024 yil 16 avgust
O‘zgidromet