15-avgust KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15-avgust KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.08.2024

15-avgust KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda va cho’l hududlarda  ba’zi joylarda 43° gacha, shimolda 28-33° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.