15-17 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
13.08.2024
15-17 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 avgustda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 16-17 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 30-35°; 16 avgustda kechasi 18-23°, kunduzi 28-33°; 17 avgustda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 avgustda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°; 16 avgustda kechasi 22-27°, kunduzi 33-38°; 17 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 avgustda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°; 16 avgustda kechasi 22-27°, kunduzi 33-38°; 17 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 avgustda kechasi 23-28°, kunduzi 38-43°; 16 avgustda kechasi 23-28, kunduzi 37-42°; 17 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 avgustda kechasi 22-27°,
kunduzi 34-39°; 16 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 17 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 avgustda 14-19°, 17 avgustda 11-16°, kunduzi 15 avgustda 25-30° bo‘ladi, 16-17 avgustda 17-22° gacha pasayadi.