O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 12-16 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 12-16 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

12.08.2024

 

Dam olish kunlari kuzatilgan nisbatan salqin ob-havodan so‘ng, bugundan boshlab O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati yana ko‘tarila boshaydi.

12-15 avgust kunlari respublika hududining katta qismida kunduz kunlari havo 37-40o gacha, janubda 42-43o gacha isiydi.

15 avgust kuni salqin havoning yana bir qismi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga kirib keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati 28-33o gacha pasayadi.

16 avgust - juma kuni nasbatan salqin havo sharqqa tomon harakatlana boshlaydi va havo haroratining pasayishi O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oladi. Havo harorati kunduzi 33-36o, shimoli-g‘arbiy hududlarda 28-33o atrofida, respublika janubida 40o gacha bo‘ladi.

Ushbu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 13 va 15 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda, shuningdek, 15-16 avgust kunlari Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

 

Poytaxtimizda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 
16 avgustda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat asosan kechalari 22-25o, kunduz kunlari 12-15 avgustda 37-39o
16 avgustda 34-36o bo‘ladi.

 

 

2024 yil 12 avgust

O‘zgidromet