Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati
09.08.2024
2024-yilning 6-avgust kuni quyidagi suv obyektlarida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdoriga yer usti suvlaridan namunalar olindi:
- Bo‘zsuv kanali – Teleminora hududi. Mis bo‘yicha – 1,9 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 12,39 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar, SII-0,60.
- Anxor kanali – Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Mis bo‘yicha – 2,02 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,23 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar, SII-0,75.
- Bo‘rijar kanali- Megic sity bog‘i hududi. Mis bo‘yicha – 1,8 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 12,74 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar (SII-0,72).
- Salar kanali – Ekoparkdan quyida. Mis bo‘yicha – 4,6 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 8,76 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,22.
- Qorasuv kanali – Furqat parki xududi. Mis bo‘yicha – 2,2 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,80 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar, SII-0,80.
- Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Mis bo‘yicha 1,3 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 8,89 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf - toza suvlar, SII-0,43.
- Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi gidrotexnik inshoat. Mis bo‘yicha-2,7 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 9,17 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf- toza suvlar, SII-0,88.
O‘tgan hafta bilan solishtirilganda Chorvoq suv omborida suv sifati muhim o‘zgarishlarga duch kelmadi, Bo‘zsuv, Anxor, Bo‘rijar kanallari va Tuyabo‘g‘iz suv ombori bundan mustasno, bu yerda suv sifati yaxshilandi, SII bo‘yicha o‘rtacha ifloslangan suvlar III-sinfidan - toza suvlar II -sinfiga o‘tdi; Salar kanali bu yerda suv sifati yaxshilandi, SII bo‘yicha ifloslangan suvlar IV-sinfidan - o‘rtacha ifloslangan suvlar III-sinfiga o‘tdi hamda Qorasuv kanali bu yerda suv sifati yaxshilandi, SII bo‘yicha ifloslangan suvlar IV-sinfidan - toza suvlar II -sinfiga o‘tdi.
O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra Toshkent shahri va Toshkent viloyati kanallari va suv omborlaridan olingan suv kimyoviy tahlil ko‘rsatkichlari bo‘yicha toza suvlarga to‘g‘ri keladi, Salar kanali bundan mustasno, bu yerda suv sifati o‘rtacha ifloslangan suvlarga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun: Suv ifloslanish indeksi (SII) yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun ishlatiladi. Bu nafaqat turli suv havzalaridagi suv sifatini solishtirish, balki suv sifatining vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.