O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 2-4 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
02.08.2024
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ushbu kunlarda havo harorati asosan kunduz kunlari 34-39o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-42o gacha bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 2-7 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayadi.
Harorat asosan kechalari 24-26o, kunduz kunlari 37-39o bo‘ladi.