Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati

Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati

02.08.2024

 

2024 yilning 29 iyul kuni quyidagi suv ob’yektlarida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdoriga yer usti suvlaridan namunalar olindi:
      - Bo‘zsuv kanali – Teleminora hududi. Mis bo‘yicha – 2,0 REM, fenol bo‘yicha – 3,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 9,04 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,25.
        - Anxor kanali – Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Mis bo‘yicha – 1,6 REM, fenol bo‘yicha – 4,0 REM va xrom VI bo‘yicha – 1,4 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan.  Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,15 mgO2/l ni tashkil etdi.  Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,37.
- Bo‘rijar kanali- Megic sity bog‘i hududi. Mis bo‘yicha – 1,5 REM, fenol bo‘yicha – 4,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan.  Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,37 mgO2/l ni tashkil etdi.   Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar (SII-1,39).
       - Salar kanali – Ekoparkdan quyida. Mis bo‘yicha – 5,2 REM, fenol bo‘yicha – 10,0 REM va xrom VI bo‘yicha – 1,3 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 8,45 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati IV sinf- ifloslangan suvlar, SII-3,11.
      - Qorasuv kanali – Furqat parki xududi. Mis bo‘yicha – 2,3 REM, fenol bo‘yicha – 11,0 REM va xrom VI bo‘yicha – 1,2 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 8,64 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati IV sinf- ifloslangan suvlar, SII-2,72.
 -  Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Mis bo‘yicha 1,1 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 9,23 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf - toza suvlar, SII-0,46.
     -  Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi  gidrotexnik inshoat. Mis bo‘yicha-1,9 REM, fenol bo‘yicha-5,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 7,99 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,63.
O‘tgan hafta bilan solishtirilganda Bo‘zsuv, Anxor va Bo‘rijar kanallari, Tuyabo‘g‘iz  va Chorvoq suv omboridagi suv sifati muhim o‘zgarishlarga duch kelmadi, Salar va Qorasuv kanallari bundan mustasno, bu yerda suv sifati yomonlashdi, SII bo‘yicha o‘rtacha ifloslangan suvlar III-sinfidan - ifloslangan suvlar IV -sinfiga o‘tdi.   
O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra Toshkent shahri va Toshkent viloyati kanallari va suv omborlaridan olingan suv kimyoviy tahlil ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha ifloslangan suvlarga to‘g‘ri keladi,  Chorvoq suv ombori bundan mustasno, bu yerda suv sifati toza suvlar, hamda Salar va Qorasuv kanallari suv sifati ifloslangan suvlarga to‘g‘ri keladi. 
Ma’lumot uchun: Suv ifloslanish indeksi (SII) yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun ishlatiladi. Bu nafaqat turli suv havzalaridagi suv sifatini solishtirish, balki suv sifatining vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.