2-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

2-AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

02.08.2024

2-avgust KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda ba’zi joylarda 43-44° gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, Farg’ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog’li hududlarida, Toshkent viloyatining ayrim tog’li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo‘ladi.