30 IYULGA-1 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
28.07.2024
30 IYULGA-1 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30 iyulda 31-36°, 31 iyulda-1 avgustda 34-39° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 30 iyulda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi,
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 iyulda kechasi 25-30°, kunduzi 34-39°, 31 iyulda-1 avgustda kechasi 22-37°,kunduzi 36-41° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyulda
va 1 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 30 iyulda 34-39°, 31 iyulda-1 avgustda 36-41° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyulda
va 1 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 30-31 iyulda 36-41°, 1 avgustda 38-43° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 30 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.