O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 26-28 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
26.07.2024
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo kam bulutli va juda issiq bo‘ladi. Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari
38-43o gacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45o gacha isiydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechalari 25-27o, kunduz kunlari 39-42o bo‘ladi.
2024 yil 26 iyul
O‘zgidromet