24-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
24.07.2024
MUHIM HODISALAR
24-26 iyul kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
24-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi, faqat Xorazm, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43° gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.