23-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
23.07.2024
MUHIM HODISALAR
23-26 iyul kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
23-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.