Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati

Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati

19.07.2024


2024 yilning 16 iyul kuni quyidagi suv obyektlarida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdoriga yer usti suvlaridan namunalar olindi:
- Bo‘zsuv kanali Teleminora hududi. Mis bo‘yicha - 1,6 REM, fenol bo‘yicha 2,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 12,71 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII-0,93.
- Anxor kanali Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Mis bo‘yicha 1,6 REM oshish qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,94 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf - toza suvlar, SII-0,65.
- Burjar kanali- Megic sity bog‘i hududi. Mis bo‘yicha-1,5 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 11,32 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati II sinf-toza suvlar (SII-0,63).
- Salar kanali Ekoparkdan quyida. Mis bo‘yicha-3,9 REM, fenol bo‘yicha 7,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 8,06 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-2,25.
- Qorasuv kanali Furqat parki xududi. Mis bo‘yicha-1,9 REM, fenol bo‘yicha-4,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 6,27 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,48.
- Chorvoq suv ombori Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Mis bo‘yicha-1,1 REM, fenol bo‘yicha-2,0 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 9,05 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati toza suvlar - II sinf, SII-0,85.
- Tuyabo‘g‘iz suv ombori Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi gidrotexnik inshoat. Mis bo‘yicha-1,5 REM, fenol bo‘yicha-4,0 REM va nitritli azot bo‘yicha-1,1 REM konsentratsiyalarning oshishi qayd etilgan. Kislorod tartibi qoniqarli bo‘ldi, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi 10,19 mgO2/l ni tashkil etdi. Suv sifati III sinf-o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII-1,32.
O‘tgan haftaga bilan solishtirilganda Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati muhim o‘zgarishlarga duch kelmadi, Qorasuv kanali va Tuyabo‘g‘iz suv ombori bundan mustasno, bu yerda suv sifati biroz yomonlashdi, SII bo‘yicha toza suvdan - o‘rtacha ifloslangan suvlarga o‘tdi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati kanallari va suv omborlaridan olingan suv tahlillari natijasi kimyoviy tahlil ko‘rsatkichlari bo‘yicha toza va o‘rtacha ifloslangan suvlarga to‘g‘ri keladi
Ma’lumot uchun: Suv ifloslanish indeksi (SII) yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun ishlatiladi. Bu nafaqat turli suv havzalaridagi suv sifatini solishtirish, balki suv sifatining vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.