18-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.07.2024

MUHIM HODISALAR

18-22 iyul kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

18-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlari va Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, shimolda Navoiy viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkinHarorat 23-28° bo‘ladi.