O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 15-19 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 15-19 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.07.2024

 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek bugun kunduzi Xorazm, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. 

Havo harorati 32-35o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 36-39o gacha bo‘ladi.

So‘ngra ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog‘ oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati faqat 2-3o ga ko‘tariladi va 34-37o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 38-40o gacha bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 15-16 iyulda ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

 

Poytaxtimizda: bugun va ertaga asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi va 16 iyulda ertalab shahar bo‘yicha ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

17-19 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 15-16 iyulda 10-13 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bugun va ertaga 32-35o, 17-19 iyulda 35-37o bo‘ladi.