14-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.07.2024

MUHIM HODISALAR
14-16 iyulda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
14-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-34° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.