O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 12-14 IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
12.07.2024
Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechqurun Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. Havo harorati 35-38o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 39-42o gacha bo‘lishi saqlanib turadi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
13 iyul kuni kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shuningdek Ustyurt hududlari bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
14 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi.
Respublikaning qolgan hududlarida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati 13-14 iyul kunlari 30-35o gacha, jansubda 36-39o gacha pasayadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun va ertaga asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat bugun kechqurun, shuningdek 13 iyulda kechasi va ertalab shahar bo‘yicha ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Yakshanba – 14 iyul kuni poytaxtimizda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 10-13 m/s gacha kuchayadi.
Bugun kunduzi harorat 36-38o, shanba va yakshanba kunlari 32-34o bo‘ladi.