11-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.07.2024

11-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 40-42° gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, yog‘inarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.