12-14 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 

12-14 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 

10.07.2024

12-14 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI  
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 13-14 iyulda 18-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 32-37°, 13 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 30-35°, 14 iyulda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. 
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 18-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°, 13 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°, 14 iyulda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. 
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 iyulda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, 12 va 14 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 21-26°, kunduzi 33-38°, 13 iyulda kechasi 21-26°, kunduzi 30-35°, 14 iyulda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 13 iyulda 18-23 m/s gacha yetishi ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 37-42°, 13 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 34-39°, 14 iyulda kechasi
20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-13 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 12 iyulda 32-37°, 13-14 iyulda 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-13 iyulda 13-18°, 14 iyulda 10-15°, kunduzi 12 iyulda 23-28°, 13-14 iyulda 20-25° bo‘ladi.