9-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.07.2024

MUHIM HODISALAR
9 iyulda Toshkent, Andijon, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
9-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi. 
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 
chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda ba’zi joylarda 42° gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, yog‘inarchilik kutilmaydi. 
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.