7-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.07.2024
MUHIM HODISALAR
7-9 iyulda Toshkent, Andijon, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
7-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinch yarmida Farg’ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda, kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazm, Toshkent viloyatlarida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechag tomon biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.