Yoz faslining o‘rtasida bizni qanday ob-havo sharoitlari kutmoqda
01.07.2024
Iyul – yoz faslining eng qizg‘in davri bo‘lgani uchun O‘zbekistonda iyul oyida eng yuqori havo haroratlari kuzatiladi.
Iyul oyining o‘rtacha maksimal harorati (yoki iqlimiy me’yor) respublika hududining katta qismida 35-37o, janubda va cho‘l hududlarda 38-40o ni tashkil etadi. Ammo, deyarli har yili iyul oyida havo harorati 39-41o gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-45o gacha bo‘lgan juda issiq davrlar kuzatiladi, eng issiq yillarda esa bundan ham yuqor bo‘ladi.
So‘nggi 10 yil ichida (2014-2023 yy.) 7 ta iyul oylari meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq o‘ntalik qatoriga kirdi.
2014 yil iyul oyi iqlimiy me’yordan sovuqroq, 2016 va 2020 yillarning iyul oylari me’yordan biroz issiqroq bo‘ldi.
Respublika hududining katta qismida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun 2019 yil iyul oyi eng issiq bo‘ldi. Misol uchun, Toshkent shahrida
14 kun davomida maksimal havo harorati ketma-ket 40o dan yuqori bo‘lib, eng issiq kunlarda esa 43ogacha yetdi.
O‘zbekistonning shimoliy hududlarida 2018 yil iyul oyi, eng chekka janubda esa 2021 yil iyul oyi eng issiq bo‘ldi.
Yuqorida qayd etilgan yillarda maksimal havo harorati41-43o ga, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-45o ga yetdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda havo haroratining tarixiy maksimumi 46-48o bo‘ldi.
Respublikaning qolgan hududlarida boshqa yillarda ham maksimal haroratning mutlaq rekordlari o‘rnatildi.
Shunday qilib, Toshkentda rekordhavo harorati hali ham 44,6o ni tashkil etadi, bu 1997 yil iyul oyida qayd etildi.
O‘zbekiston hududi bo‘yicha eng yuqori iyul oyi harorati barcha kuzatuv yillari uchun Qizilqum cho‘lida qayd etildi. Ushbu hududda 1983 yil iyul oyida havo harorati 50o ga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, harorat rekordlari va ularga yaqin qiymatlar juda kamdan-kam hollarda faqat eng issiq iyul oylarida kuzatiladigan alohida holatlardir.
Iyul oyida yomg‘ir juda kamdan-kam hollarda yog‘adi, chunki bu yilning eng quruq oylaridan biridir. O‘rtacha ko‘p yillik davr uchun hududning katta qismida 1-2 kun, ba’zi joylarda 3-4 kungacha yomg‘ir kuzatiladi. Odatda,
iyul yomg‘irlari mahalliy xususiyatga ega bo‘lib, juda qisqa bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysi va respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir ko‘proq– oyda o‘rtacha 6-9 kungacha yog‘adi. Bu hududlarda iyul oyida hali ham sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kuzatiladi.
Bu yil yoz faslining o‘rtasi qanday bo‘ladi?
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, iyul oyi qulay sharoitlardan boshlanadi,
1-3 iyul kunlari havo harorati 31-36o atrofida, janubda 38-40o gacha bo‘ladi.
So‘ngra iyul oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yorga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Oyning katta qismida havo harorati 35-40o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 41-43o gacha bo‘ladi. Faqat ayrim kunlarda harorat bu qiymatlardan
2-3o ga yuqori bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha 40o va undan yuqori haroratli iyul oyida juda issiq kunlar soni 2 kundan 5 kungachani, shimolda 6-8 kunni, janubda va cho‘l hududlarda 12-15 kunni tashkil eadi. So‘nggi yillarda bunday issiq kunlar sonining ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda iyul oyining ayrim kunlarida mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.