1-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

1-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

01.07.2024

MUHIM HODISALAR

1 iyul kuni respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

1-IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘inarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bila kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadiba’zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-33° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 21-26° bo‘ladi.