1-3 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI
29.06.2024
1-3 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 1 iyulda 28-33°, 2 iyulda 30-35°, 3 iyulda 32-37° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1 iyulda 20-25°, 2-3 iyulda 18-23°, kunduzi 1-2 iyulda 30-35°, 3 iyulda 33-38° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-2 iyulda 20-25°, 3 iyulda 18-23°, kunduzi 1 va 3 iyulda 32-37°, 2 iyulda 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 iyulda kechasi 23-28°, kunduzi 36-41°, 2 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 34-39°, 3 iyulda kechasi 20-25°,
kunduzi 34-39°,bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 1 iyulda 32-37°, 2-3 iyulda 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1 iyulda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 2-3 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-2 iyulda 15-20°, 3 iyulda 12-17°, kunduzi 1 va 3 iyulda 23-28°, 2 iyulda 20-25° bo‘ladi.