O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 21-23 IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
21.06.2024
Bugun O‘zbekiton hududi bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi,
havo harorati 34-39o, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41o gacha bo‘ladi. Asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni o‘zgarmaydi. Havo harorati kechalari 20-25o, kunduz kunlari 34-39o atrofida bo‘ladi. Respublika tekislik hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek 22 iyun shanba kuni Xorazm viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘li hududlarda beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli jala yomg‘irlar yog‘ib o‘tadi, momaqaldiroq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 35-37o bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 23-25o, kunduz kunlari 36-38o bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.