20 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
20.06.2024
MUHIM HODISALAR
20-24 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
20 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yo’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, shimolda, janubda va cho’l hududlarda 41° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 36-38° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.