18 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.06.2024
MUHIM HODISALAR
18-19 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
18 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yo’ingarchilik kutilmaydi,
faqat Toshkent viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 41° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgarishi turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi,
kunning ikkinchi yarmida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 35-37° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayish mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.