17 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.06.2024

MUHIM HODISALAR

17-19 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

17 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yo’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, Respublika bo’yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 41° gacha bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, kunning ikkinchi yarmida joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadikunning ikkinchi yarmida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 35-37° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda. Harorat 22-27° bo‘ladi.